O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Yevropa davlatlari ulushi kamaydi

Tahlil

image

2024 yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 15,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning yanvar-mart oylaridagi ko‘rsatkich bilan solishtirilganda, 927,9 mlrd dollar yoki 6,2 foizga oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan uch oyda eksport hajmi 6,4 milliard dollarni, import hajmi 9,4 mlrd dollarni tashkil etib, tashqi savdo defitsiti -3 mlrd (minus 3 mlrd) dollar bo‘lgan. O‘tgan yilning yanvar-mart oylaridagi defitsit  -3,4 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy davlati yetakchilik qilmoqda (o‘zaro aylanma 3,01 mlrd dollar). Biroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida savdo aylanmasi balansining minusli ko‘rsatkichi kattalashdi. O‘zbekistonning Xitoyga eksporti 451 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, import hajmi 2,5 mlrd dollarga yetgan (-2,1 mlrd).

Shuningdek, Rossiyadan import qilinadigan mahsulot hajmi anchagina ortganini ko‘rish mumkin. Ikki davlat o‘rtasidagi umumiy savdo aylanmasi 2,8 mlrd dollarni hosil qilgan bo‘lsa, shundan eksport 720 mln dollarni, import 2,07 mlrd dollarni tashkil etgan (-1,3 mlrd dollar). O‘tgan yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 2,2 mlrd dollarga teng edi: eksport 585 mln dollar, import 1,6 mlrd dollar (-1,1 mlrd dollar).

E’tiborlisi, O‘zbekiston uchun eng manfaatli deb qaraladigan bozor – Yevropa mamlakatlarining tashqi savdodagi ulushi kamaygan. O‘tgan yili Yevropaning 4 mamlakati O‘zbekiston bilan savdo qiluvchi TOP-10 davlat qatoridan joy olgan edi. Joriy yilning birinchi choragida esa Yevropaning faqat 3 ta mamlakati bu ro‘yxatga kiritildi.

O‘zbekiston bilan savdo qilgan TOP-10 xorijiy davlatlar ro‘yxati:

  • Xitoy – 3 mlrd;
  • Rossiya – 2,8 mlrd;
  • Qozog‘iston – 937,7 mln;
  • Turkiya – 656,3 mln;
  • Koreya – 544,1 mln;
  • Fransiya – 337,1 mln;
  • Germaniya – 268,1 mln;
  • Turkmaniston – 235,2 mln;
  • Afg‘oniston – 224,8 mln;
  • Hindiston – 213 mln dollar.

Maqola muallifi

Teglar

eksport import Tashqi savdo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing