O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
18 avgust 2021
4794Joriy yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 21,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 8,1 mlrd dollarga teng bo‘lib, uning 5,4 mlrd dollari mahsulotlar, 1,3 mlrd dollari esa xizmatlar eksportiga to‘g‘ri keladi.
Tashqi savdo aylanmasining katta qismini import tashkil qiladi. Uning umumiy hajmi 13,4 mlrd bo‘lib, mahsulotlar eksporti 12,6 mlrd dollar, xizmatlar eksporti esa 843,4 mln dollarga teng.
Ma’lumot o‘rnida, eksport va import o‘rtasidagi farq 5,3 mlrd AQSH dollarini tashkil qilgan.
LiveBarchasi