O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qaysi oyda eng yuqori bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 dekabr 2021
3098Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd. AQSH dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasining oylar kesimadagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyidagicha:
1. Yanvarda – 2,3 mlrd. AQSH dollari;
2. Fevralda – 2,2 mlrd. AQSH dollari;
3. Martda – 2,6 mlrd. AQSH dollari;
4. Aprelda – 3,2 mlrd. AQSH dollari;
5. Mayda – 4,3 mlrd. AQSH dollari;
6. Iyunda – 3,4 mlrd. AQSH dollari;
7. Iyulda – 3,6 mlrd. AQSH dollari;
8. Avgustda – 3,3 mlrd. AQSH dollari;
9. Sentyabrda – 3,3 mlrd. AQSH dollari;
10. Oktyabrda – 4,4 mlrd. AQSH dollari.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgani hamda buning asosiy qismi Xitoy bilan savdo munosabatlarga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergan edik.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15