O‘zbekistonning tashqi qarzi qancha? MB va Moliya vazirligi farqli ma’lumot bermoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi 2021 yil boshiga nisbatan 16 foizga yoki 5,4 mlrd dollarga oshib, joriy yilning 1 yanvar holatiga 39,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bankning “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi” nashrida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil boshiga nisbatan davlat tashqi qarzi 11 foizga yoki 2,4 mlrd dollarga o‘sib, 23,7 mlrd dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 24 foizga yoki 3 mlrd dollarga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan.

2021 yilda tashqi savdo aylanmasi (nomonetar oltin va tuzatishlarni hisobga olgan holda) 37,2mlrd dollar bo‘lgan (2020 yilda 31,9 mlrd dollar). Bunda, eksport va import hajmlari mos ravishda 14,1 mlrd va 23 mlrd dollarga teng bo‘lib, savdo balansining defitsiti 8,9 mlrd dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning tashqi qarzi 34,2 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

“Davlat tashqi qarzi bo‘yicha ma’lumot Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, tashqi qarz bo‘yicha qarzdorlikning qoldig‘ini hisoblashda hisoblangan, ammo to‘lanmagan foizlar ham inobatga olingan. Shuningdek, xalqaro moliya bozorlarida chiqarilgan yevroobligatsiyalar 2021 yil yakunidagi bozor narxlarida aks ettirilgan”, deyiladi nashrda.

Avvalroq, Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2021 yil yakuni bo‘yicha Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sharhida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi birinchi marta 40 mlrd dollardan oshib 41,6 mlrd dollarni tashkil qilgani aytilgan edi.

Ma’lumot uchun, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori qonun doirasida ekani va hammasi maqsadli ishlatilayotganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing