O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov ikki o‘lkadagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, elchi Toshkentga qaytishdan avval Singapur vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazgan. Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Tomonlar 2023 yilning yanvar va may oylarida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarning samarali natijalari sheriklikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichga olib chiqish imkonini bergani haqida ta’kidlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 53 yoshli bitiruvchisi Qahramon Shokirov mamlakatning 2018–2024 yillarda Singapurdagi va 2022-2024 yillarda o‘rindoshlik asosida Avstraliyadagi (qarorgohi Singapur shahrida) elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Endilikda Qahramon Shokirov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi davlatlari va Finlyandiyadagi elchisi ham o‘z missiyasini tugatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Avstraliya elchi Singapur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing