O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
19 dekabr 2020
4000O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Oliy Majlis Senati o‘ninchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini tayinlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilgan.
Yalpi majlisda senatorlar Oybek Orifbekovich Usmonovni O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr