O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi oltinlari 5 taga yetdi
Sport
−
15:57 664 1 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi–Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi sport gimnastikasi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 5-oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi O‘tkirbek Jo‘rayev ot ustidagi mashqda 14,733 ball jamg‘arib, barcha raqiblaridan ustun keldi va Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 25 taga (5 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza) yetdi. Shu tariqa, O‘zbekiston umumjamoa hisobida 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi