O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 1,3 mlrd dollarga oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yil 1 iyun holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35 mlrd 518,2 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan oyga nisbatan 1 mlrd 327 mln dollarga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank saytida ma’lumot berilgan.

O‘tgan bir oy davomida zaxiralardagi oltinning sof hajmi 11,7 mln. unsiyadan 11,3 mln unsiyagacha qisqarganini kuzatish mumkin.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Xorijiy valyuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 579 million dollarga oshgan. Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 may holatida oltin 21 mlrd 454 mln dollarni, xorij valyuta aktivlari esa 13 mlrd 679 mln dollarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin Markaziy bank valyuta

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing