O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari yillik hisobda 3 milliard dollardan ortiqroqqa kamayib, 1 mart holatiga ko‘ra, ular 33,96 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning fevral oyida xalqaro zaxiralarning hajmi yanvar oyiga nisbatan 1,98 mlrd dollarga kamaygan, shu bilan birga, oktyabr oyidagi ikki yillik eng past ko‘rsatkichdan 1,65 mlrd dollarga oshgan.

Shuningdek, erkin ayirboshlanadigan valyutadagi zaxiralar hajmi bir oy davomida 1,24 milliard dollarga kamayib, 10,07 milliard dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonning xorijiy banklardagi depozitlari va naqd valyutalari hajmi ham 1,17 milliard dollarga kamaygan. Bu so‘nggi to‘rt oydagi minimal ko‘rsatkich demakdir.

Bundan tashqari, tonnajning 100 000 troya unsiyasiga (3,1 tonna) qisqarishini hisobga olgan holda, oltin zaxirasi 717 million dollarga kamaygan. Hozirda u 22,83 milliard dollarga baholanmoqda, bu joriy yildagi eng past ko‘rsatkich, ammo rekord darajaga yaqin bo‘lishda davom etmoqda. 

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida O‘zbekiston 1,18 milliard dollarlik oltin sotgan, bu umumiy eksportning 56,75 foizini tashkil etgan. Qimmatbaho metallni sotishdan tushgan daromad o‘tgan yanvarga nisbatan ikki baravar oshgan.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank zaxirasida hozirda 391 tonna yoki 12,6 million unsiyadan biroz ko‘proq qimmatbaho metall mavjud. Ekspertlar yanvar oyi boshida 2023 yilda jahon bozorida oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 1900 dollargacha oshishi mumkinligini taxmin qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin oltin-valyuta zaxira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing