O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 yanvar 2023
4978O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi borligi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 5–10 yanvar kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Xususan:
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyatining Pop tumanida;
Farg‘ona viloyatining So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi