O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi tayinlandi
Olam
−
21 noyabr
1418O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Bryussel shahrida joylashgan) G‘ayrat Fozilov ushbu davlat Tashqi ishlar vazirligining Protokol va qabul qiluvchi mamlakat bilan aloqalar departamenti direktori Xansu Akerbumga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanib borayotgan dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etgan.
“Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi yakunlari ijobiy baholandi va bu mexanizmni muntazam yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama formatdagi kelgusi rejalar, turli darajadagi bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashilgan.
Xans Akerbum Protokol bo‘limi elchixona faoliyatini, jumladan, O‘zbekiston-Niderlandiya muloqotini mustahkamlashda har tomonlama yordam berishini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, G‘ayrat Fozilov 2023 yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi