O‘zbekistonning kimdan qancha qarzi borligi aytildi
Jamiyat
−
17 dekabr 2020
20235Avvalroq, O‘zbekistonning Davlat tashqi qarzi 2020 yilning 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd. AQSH dollariga yoki YAIMga nisbatan 32,8 foizga yetgani haqida xabar bergan edik.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlaridan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 8,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etyapti. Mazkur kreditlar uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.
Xususan, davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd dollar), Jahon banki (3,1 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta’minlangan bo‘lib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga davlat tashqi qarzining 46,3 foizi to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy kreditorlari Xitoy Eksimbanki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va tashkiloti va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni Hukumat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan.
Kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi.
LiveBarchasi