O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi (qarorgohi Budapeshtda) etib tayinlandi. Bu haqda Vengriyadagi O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi.

Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekistonning elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol boshqarmasi boshlig‘i Mirta Yelens Jupanga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi. Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning kelajagi muhokama qilindi.

46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so‘ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig‘i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.

Shaxavdinov ingliz, rus va fransuz tillarini mukammal biladi. U O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi ham sanaladi. Bu lavozimga u joriy yilning mart oyida tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xorvatiya Oybek Shaxavdinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing