O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi tayinlandi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Italiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev Rimga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Abat Fayzullayev 2020-2023 yillarda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo‘lib ishlagan, shuningdek, Vengriyadagi diplomatik missiyani o‘rindoshlik asosida boshqargan. U bir vaqtning o‘zida, O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.

40 yoshli diplomat O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan, tashqi ishlar vaziri yordamchisi – kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Fayzullayev 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Rimdagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o‘rniga tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov Rim shahrida Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchi Italiya Avstriya Vengriya Abat Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing