O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli tayinlandi

Olam

image

Sherzod Abdunazarov O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
 
41 yoshli Abdunazarov bungacha ushbu Bosh konsullikda 1-kotib lavozimida ishlagan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan.

2007 yildan buyon u Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning mazkur Bosh konsulligi okrugi tarkibiga Turkiyaning Istanbul shahri, Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli va boshqa  viloyatlari, shuningdek, Bolgariya va Ruminiya kiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Istanbuldagi Bosh konsullikni 2020–2023 yillarda boshqargan Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi. Sherzod Abdunazarov uning o‘rnini egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul O'zbekiston bosh konsul Sherzod Abdunazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing