O‘zbekistonning ikkinchi bayroqdori ham Xanchjouda shohsupaga ko‘tarildi

Sport

image

Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston nomidan bayroqdor sifatida ishtirok etgan  Zaynab Dayibekova musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi. 

Xanchjouda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurovning ma’lum qilishicha, o‘yinlarning qilichbozlik dasturi doirasida bahslarga kirishgan Dayibekova bugungi kunni medal bilan yakunladi. 

Sablya bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi yarim finalda janubiy koreyalik Jisu Yunga kichik farq – 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ushu sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib borgan O‘zbekiston vakili Darya Latisheva ham bugun delegetsiya hisobiga yana bir medalni taqdim qildi. Latisheva nankuan va nandao dasturlari yakuniga ko‘ra, Xitoy hamda Malayziya vakillaridan keyin bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, bu Darya uchun Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medal hisoblanadi. U 2018 yilgi musobaqada kumush medal sohibiga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, https://qalampir.uz/news/dzyudo-muzaffarbek-turaboyev-osiye-uyinlari-chempioni-buldi-video-90617 avvalroq O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev ham musobaqadagi barcha raqiblarini dog‘da qoldirgan holda Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritgan edi. Ahamiyatlisi u ham Xanchjou-2022 doirasida bayroqdor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Zaynab Dayibekova Xanchjou bayroqdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing