O‘zbekistonning ikki qo‘shnisida ketma-ket zilzilalar kuzatildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun kuni O‘zbekistonning ikkita qo‘shnisi – Afg‘oniston va Tojikistonda ketma-ket 5 marta zilzila kuzatildi. Tojikistonda uch marta, shuningdek, Afg‘onistonda ikki marta zilzila sodir bo‘lib, ulardan eng yuqori balli 4,7 ni tashkil etgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Tojikistonda ilk zilzila Toshkent vaqti bilan soat 09:43 da (Grinvich bo‘yicha 04:43 da) 4,2 ball bilan sodir bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari:

  • 37,94 gradus shimoliy kenglik;
  • 74,06 gradus sharqiy uzunlik.

Yer silkinishining o‘chog‘i 100 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 556 km janubi-sharqda joylashgan.

Tojikistonda birinchi zilziladan bir necha soat o‘tib, Toshkent vaqti bilan 13:00 da (Grinvich bo‘yicha 08:00 da) ikkinchi zilzila kuzatilgan va u birinchisidan kamroq farq bilan, 4,1 balli ko‘rinishda sodir bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari:

  • 37,62 gradus shimoliy kenglik;
  • 73,98 gradus sharqiy uzunlik.

Yer silkinishining o‘chog‘i 100 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 576 km janubi-sharqda joylashgan.

Toshkent vaqti bilan 15:04 da (Grinvich bo‘yicha 10:04 da) Tojikistonda kun hisobiga uchinchi zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi 3,7 ballni tashkil etdi.

Zilzila koordinatalari:

  • 38,94 gradus shimoliy kenglik;
  • 71 gradus sharqiy uzunlik.

Yer silkinishining o‘chog‘i 100 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 300 km janubi-sharqda joylashgan.

Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 09:49 da (Grinvich bo‘yicha 04:49 da) hamda 11:15 da (Grinvich bo‘yicha 06:15 da) Afg‘onistonda 4-4,7 balli zilzilalar kuzatildi. 

Afg‘onistondagi birinchi zilzilaning koordinatalari:

  • 37,15 gradus shimoliy kenglik;
  • 71,11 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Yer silkinishining o‘chog‘i 228 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 496 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 4 ballni tashkil etgan.

Bundan tashqari, 4,7 balli, ikkinchi zilzila ham Afg‘onistonda kuzatildi.

Zilzila koordinatalari:

  • 36,72 gradus shimoliy kenglik;
  • 70,82 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Yer silkinishining o‘chog‘i 150 km chuqurlikda, epimarkazi esa Toshkentdan 524 km janubi-sharqda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tojikiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing