O‘zbekistonning Global ochlik indeksidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022
12132O‘zbekiston Global ochlik indeksida 21-o‘rindan joy olgan. Bu haqda “Global Hunger INDEX” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu reytingda 121 mamlakatning ro‘yxati keltirilgan. Mazkur reytingda O‘zbekistonning ochlik ko‘rsatkichi 5,6 ballni tashkil etib, mamlakat ochlik darajasi past bo‘lgan davlatlar sirasiga kirgan.
Global ochlik ko‘rsatkichi past bo‘lgan davlatlar qatoriga Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili, Xitoy, Xorvatiya kirgan bo‘lsa, Yaman ochlik darjasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida.
Shuningdek, MDH davlatlari ichida Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston, Moldova, Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston O‘zbekistondan keyingi o‘rinlardan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 13 oktyabrida Ostonada bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitidagi nutqida ocharchilikka qarshi kurash uchun uchta taklif bergan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi