Mirziyoyev ocharchilikka qarshi kurash uchun uchta taklif berdi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2022
11043Osiyo qit’asining ko‘plab davlatlari iste’mol mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari hisoblanadi va oziq-ovqat xavfsizligining oqibatlarini juda o‘tkir his qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 oktyabr kuni Ostonada o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Butunjahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, ochlikdan aziyat chekayotgan sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi Osiyo qit’asida yashamoqda.
Paradoks shundan iboratki, bir vaqtning o‘zida aynan bizning mamlakatlarimiz jahonning yetakchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlari hisoblanadi”, deydi Prezident.
U bu borada yangi yondashuvlar:
• oziq-ovqat ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini va uni yetkazib berishning optimal zanjirini shakllantirish;
• ichki mintaqaviy savdo o‘sishi uchun texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish;
• Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish yaxlit tizimini yaratishni taklif qildi.
Ushbu barcha masalalarni FAO shafeligida kelgusi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada muhokama qilish taklif etildi.
Shuningdek, davlat rahbari ekologiya va iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishni hamda mamlakatlarni jadal ko‘klamzorlashtirish va ekotizimlar bog‘liqligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha “Yashil Osiyo” konseptual dasturlari doirasida doimiy ekspert maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
LiveBarchasi