O‘zbekistonning gardanida qancha qarzi borligi aytildi
Jamiyat
−
14 mart
46740O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
2023 yilning IV chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning gardanidagi davlat qarzi 34 mlrd 925 mln dollarni tashkil etgan. Shundan 29 mlrd 636 mln dollar tashqi qarz, 5 mlrd 288 mln dollari ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davlat qarzining umumiy ko‘rsatkichi YAIMga nisbatan 38,4 foizni tashkil qilgan. Bu esa xavfli darajani anglatmaydi.
LiveBarchasi