O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy uch nomzod ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yakunlanib borayotgan 2023 yilgi futbol mavsumida “O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi” bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, sovrin uchun “Navbahor” futbol klubining sobiq a’zosi Oston O‘runov, Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov va Rossiyaning SSKA jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev kurash olib boradi.

Yaqin kunlarda g‘olib futbolchi nomi e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joiz, yuqorida nomlari keltirilgan uch futbolchi klubda ham, terma jamoada ham ishonchli va samarali o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, SSKA a’zosi Abbosbek Fayzullayev kuni kecha o‘tkazilgan “Milliy sport mukofoti-2023”da “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘oliblikka da’vogarlik qildi, biroq yakunda sovrin kamondan otish sporti vakilasi Ziyodaxon Abdusattorovaga nasib etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Oston O'runov Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullaev Ziyodaxon Abdusattorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing