O‘zbekistonning eng issiq viloyatini qor qopladi
Jamiyat
−
27 mart
80083Bahor fasli bo‘lishiga qaramay bugun, 27 mart kuni Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo, Denov va Oltinsoy tumanlarining baland tog‘li hududlarida qor yog‘di. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Boysun tumanining Duoba, Xo‘jaidod, Dehbolo va O‘rmonchi, Sariosiyo tumanining Chosh mahallasi va Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i, Denov tumanining O‘shor va Sina mahallalari hamda Oltinsoy tumanining ayrim tog‘li hududlarda joylashgan mahallalarida yoqqan qorning balandligi 5-6 santimetrni tashkil etmoqda.
“Bunday ob-havo sharoitida erta uyg‘ongan daraxtlar va ochiq maydondagi ayrim ekinlarga sovuq ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli mirishkor dehqon va bog‘bonlarimizga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi