O‘zbekistonning eksport hajmi kamaydi – statistika
Jamiyat
−
18:24 753 2 daqiqa
Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 18 mlrd AQSH dollariga yetdi, biroq eksport hajmi kamaydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 18 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 471 mln AQSH dollariga yoki 2,7 foizga oshgan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 5 mlrd 809,2 mln AQSH dollariga yetgan, ammo bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 29,3 foizga kamayishni bildiradi. Shu davrda tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (18,1 foiz), Xitoy (11 foiz) va Afg‘oniston (7,6 foiz) davlatlari bo‘lgan.
O‘zbekiston jahonning 170 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarida bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (25,6 foiz), Rossiya Federatsiyasi (18,2 foiz), Qozog‘iston (7,2 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Afg‘oniston (2,8 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 59,9 foizni tashkil etib, jumladan, sanoat tovarlari (17,8 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (10,6 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (9,2 8 foiz) va har xil tayyor mahsulotlar hissasi yuqori (9,2 foiz) bo‘lgan. Shu bilan birga, meva va sabzavotlar eksporti ham 10 foiz yoki 30,9 ming tonnaga oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda import hajmi 12 mlrd 213,8 mln AQSH dollariga yetgan. Bu esa avvalgi yildagi xos davrga nisbatan 30,8 foiz o‘sish degani. 140 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirilib, jumladan, Xitoy (32,5 foiz), Rossiya (18,3 foiz), Qozog‘iston (8,4 foiz kabi davlatlar asosiy importchilar bo‘lgan. Bu esa jami importning 70 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aholi daromadi o‘sishi sekinlashgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi