O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ldi 

Sport

image

Kecha, 13 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 3-tur doirasida Janubiy Koreyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘l olgan edi. Endi Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Xitoyga qarshi to‘qnash keladi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 16 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Xitoy olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi “D” guruhida 2 ta durang va 1 ta g‘alaba qayd etgan holda 2‑o‘rin bilan chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa “C” guruhida 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, 1‑o‘rin bilan musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l oldi. 

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs g‘olibi yarim finalda Vetnam-Birlashgan Arab Amirliklari g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Osiyo kubogi Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing