O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Jamiyat

image

Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili bo‘ldi.  Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Jenevaga tayinlanganiga qadar Eldiyor Toshmatov O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan. 41 yoshli doimiy vakil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkentdagi Vebster universitetini tamomlagan. Ingliz, nemis, rus, turk tillarini mukammal biladi.

Diplomat mehnat faoliyatini O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. 2008 yilda TIVda attashelikdan boshlab O‘zbekistonning Jenevadagi Doimiy vakolatxonasi maslahatchisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2017-2019 yillarda Tashqi ishlar vaziri yordamchisi, uning Kotibiyati rahbari, keyinchalik TIVning Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Eldiyor Toshmatov Jenevada 2023 yil avgustidan buyon mamlakatimizning BMTning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ulug‘bek Lapasov o‘rniga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Jeneva Eldiyor Toshmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing