O‘zbekistonning biznes-ombudsmani Boshqirdistonga bordi

Jamiyat

image

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan V tantanali xalqaro “Shanxay hamkorlik tashkiloti va BRIKSga a’zo davlatlarining kichik va o‘rta biznes forumi”da O‘zbekiston delegatsiyasi biznes-ombudsman boshchiligida ishtirok etmoqda. 

Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining xususiyatlari: O‘zbekiston misoli” to‘g‘risida nutq so‘zlanishi rejalashtirilmoqda. Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev ham forumga kelishi kutilmoqda. 

Forum Shanxay hamkorlik tashkiloti va BRIKSga a’zo davlatlarining kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ishtirokchilarga xalqaro tajriba almashuvi uchun o‘zgacha imkoniyatdir. Ta’kidlash joizki, investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qator kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan. 
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

8

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing