O‘zbekistonning ayrim hududlari vaqtincha “svet”siz qolishi mumkin

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyul kuni Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi 2-tarmoq gaz quvurida gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan. Shu sababli O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish uchun “Navoiy-4” gaz taqsimlash stansiyasi orqali gaz ta’minoti to‘xtatilyapti. Mazkur ishlarni to‘liq yakunlash jarayonida Navoiy issiqlik elektr stansiyasining 1-son bug‘-gaz qurilmasi ham vaqtinchalik to‘xtatib turilishi sababli O‘zbekistonning ayrim hududlari vaqtinchalik elektr energiyasi ta’minotidan uziladi.

Ma’lumot uchun, iyul oyining birinchi yarmida mamlakat hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi va 6-8 iyul kunlari Respublikaning sutkalik elektr energiyasi iste’moli 223 million kilovatt soatgacha yetishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumning mos davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Navoiy IES

Baholaganlar

620

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing