O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi 12 yillik missiyasini yakunladi
Jamiyat
−
17 Sentabr
6176O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
“Tolibon”ning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari ham o‘z bayonotida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisining missiyasi 12 yillik faoliyatidan so‘ng yakunlanganini aytdi. Abdul Salom Hanafiy O‘zbekiston elchisining ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. Shodmonov faoliyatini yakunlab, O‘zbekistonga qaytmoqda.
Hozirda Shodmonov o‘rniga kim tayinlanishi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonning Qobul shahrida mamlakat oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama qilgandi.
LiveBarchasi