O‘zbekistonning 7 ta hududida qor ko‘chishi xavfi bor
Jamiyat
−
16 mart 2022
5728Joriy yilning 17-24 mart kunlari O‘zbekistondagi 7 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometrologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda kuzatilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sabab Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Shuning uchun, tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchilar, dam oluvchilar, ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar va chorva mollarini boquvchilar ehtiyot bo‘lishi kerak.
Asosan, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi bor:
• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlari;
• Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlari;
• Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlari;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlari;
• Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘lari;
• Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududi;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlari.
LiveBarchasi