O‘zbekistonning 6 viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
22 fevral
4405Joriy yilning 23-29 fevral kunlari O‘zbekistonning 6 viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning quyidagi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan. Bular:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
LiveBarchasi