O‘zbekistonning 6 viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
08 aprel
4048Joriy yilning 9-15 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi elon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi