O‘zbekistonning 5 viloyatiga sel kelishi kutilyapti
Jamiyat
−
02 iyul 2019 16303 1 daqiqa
O‘zbekistonning besh viloyatida sel kelishi kutilyapti. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ertaga, 3 iyul kuni Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi FVV xabarida.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust