O‘zbekistonning 5 hududida chiqindilarni olib ketish narxi belgilandi

Jamiyat

image

Bugun, 18 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu tariflar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. 

Shu asosda quyidagi to‘lov miqdorlari belgilandi:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy shaxslar uchun oyiga 4 032 so‘m (QQS bilan), yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun 72 240 so‘m (QQS bilan);

- Jizzax viloyatining jami 13 ta shahar va tumanida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 6 000 so‘m, yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 60 000 so‘m va 1 tonna uchun (QQSsiz) 135 420 so‘m;

- Sirdaryo viloyati bo‘yicha aholi uchun 4 000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 81 ming so‘m;

- Surxondaryo viloyatining jami 15 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 4 500 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 70 000 so‘m;

- Qarshi shahrida aholi uchun 6 160 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 89 600 so‘m.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing