O‘zbekistonning 38 ta tuman markazlari va shaharlarida yetarli uy-joylar quriladi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda mutasaddilar tomonidan Davlat rahbariga 2024 yilning 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq borasida qilingan dastlabki ishlar, master rejalardan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot yetkazildi.

Bildirilishicha, 112 ta tuman va shahardagi drayver yo‘nalishlar asosida 136 ta master reja tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda esa 14 ta tuman va shahar bo‘yicha master reja ishlab chiqilgan. Ularda 759 ta ko‘p qavatli uy-joy, 22 ta savdo majmuasi, 800 dan ziyod xizmat ko‘rsatish ob’ekti barpo qilish imkoniyati aniqlangan.

Prezident aholisi tez o‘sayotgan 38 ta tuman markazlari va shaharlarda yetarli uy-joylar qurish, aholi sayr qilishi va dam olishi uchun qulay maskanlar va istirohat bog‘lari barpo etish zarurligini ham aytdi. 

Taqdimotga ko‘ra, turistik salohiyati yuqori 20 ta tumanda mehmonxonalarni ko‘paytirish, plyaj, ekologik, tibbiyot, sport va ekstremal turizmni rivojlantirish orqali sayyohlar oqimini 2,5 barobar oshirish imkoniyati mavjud. Hududidan magistral yo‘llar o‘tgan 68 ta tumanda esa 400 dan ziyod motel, kemping, oshxona, do‘kon va avtoservislar tashkil etish mumkin.

Shu bilan birga, Mirziyoyev master rejalar ishlab chiqilishi va monitoringi bo‘yicha vertikal tizim yaratish vazifasini qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, master-rejalar asosida bo‘ladigan loyihalar hisobiga 40 mingta ish o‘rni yaratilishi, byudjetga yiliga qo‘shimcha 350 milliard so‘m daromad tushishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev o‘qituvchilar oyligini oshirishni ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston uy-joy tuman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing