O‘zbekistonning 2 yillik investitsiya dasturi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

2021–2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•    928,7 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 37,5 mlrd AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021–2023 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek 2021–2023 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
•    226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob’ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dastur.

Hujjat bilan quyidagilar ma’qullandi:

•    2021 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari;
•    2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
•    2021 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
•    2021 yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Investitsiyadan keyingi monitoring boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma faoliyati asosan investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlardan foydalanish darajasini tahlil qilishga, investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashishga qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

investitsiya

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing