O‘zbekistonning 1/16 finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 11 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida Panamani 6:1 hisobida mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l olgan edi. Islom Ismoilov shogirdlari 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.

Xorvatiya o‘smirlari “C” guruhida ikki g‘alaba va bitta durang qayd etib, ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular dastlabki turda Senegal bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi, so‘ng BAAdan 3:0 hisobida ustun keldi va yakuniy turda Kosta-Rikani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston esa “J” guruhida ikki g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bilan 2-o‘rinni egalladi. Irlandiya 7 ochko bilan guruh g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Paragvay 4 ochko bilan 3-o‘rinni, Panama esa ochkosiz holda so‘nggi pog‘onani band etdi.

O‘zbekiston U-17 va Xorvatiya U-17 bahsi g‘olibi 1/8 finalda Italiya – Chexiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorvatiya Islom Ismoilov O'zbekiston U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing