O‘zbekistonning Hindistondagi sobiq elchisi Sur’at Mirqosimov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Hindistondagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi Sur’at Mirhojiyevich Mirqosimov bugun, 24 mart kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda uning do‘stlari QALAMPIR.UZʼga ma’lum qildi.

Sur’at Mirqosimov mohir diplomat, pedagog, Favqulodda va muxtor elchi bo‘lgan.  U diplomatiyaga doir 4 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola yozgan. 

Mirqosimov 1939 yil 25 aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati – o‘zbek.  Ma’lumoti – oliy.
1963 yilda Toshkent davlat universitetining “Sharqshunoslik” fakultetini “imtiyozli”diplom bilan tamomlagan. Diplom bo‘yicha – sharqshunos, hindshunos kvalifikatsiyasiga ega.

U 1991-1993 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro gumanitar va madaniy aloqalar milliy assotsiatsiyasining birinchi o‘rinbosari, 1993-1997 yillar – O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida, 1998-2012 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasining Tashqi siyosat va diplomatiya kafedrasi faxriy professori, 2012-2016 yillar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasining Tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyatini boshqarishni tashkil etish kafedrasi faxriy professori, 2016-2018 yillar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasining Ma’rifat va ma’naviyat kafedrasi faxriy professori,
2018 yil sentyabrdan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Jahon siyosati kafedrasi faxriy professori lavozimida ishlagan. 

Favqulodda va muxtor elchi, diplomat, pedagog hamda faxriy professor sifatida bir qator xalqaro konferensiyalar, simpozium hamda seminarlarda ishtirok etgan. Uning ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari: diplomatiya va diplomatik protokol, diplomatiya va biznes etiketi qoidalaridir.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Hindiston Favqulodda va muxtor elchi Sur'at Mirqosimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing