O‘zbekistonliklarning qancha shaxsiy avtomashinasi borligi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
13 fevral
12436O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 mlndan oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 mln 20 ming 744 tani tashkil etgan. Aholiga tegishli avtotransport vositalari:
- yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;
- yuk avtomobillari – 240 917 ta;
- avtobuslar – 6 297 ta;
- mikroavtobuslar – 9 102 ta;
- maxsus transportlar – 5 383 tani tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 2022 yilda 3 mln 268 ming 470 ta (shundan 3 051 734 tasi yengil avtomobil)ni, 2023 yilda esa 3 mln 637 ming 119 ta (shundan 3 396 520 tasi yengil avtomobil) ni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda aholining jami 2 mln 955 ming 295 ta avtomashinasi bo‘lgan.
LiveBarchasi