O‘zbekistonliklarning har 1000 nafariga qancha avtomobil to‘g‘ri keladi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston aholisining har 1000 kishisiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 66 ta;

Andijon viloyatida – 64 ta;

Buxoro viloyatida – 100 ta;

Jizzax viloyatida – 60 ta;

Qashqadaryo viloyati – 72 ta;

Navoiy viloyatida – 87 ta;

Namangan viloyatida – 68 ta;

Samarqand viloyatida – 92 ta;

Surxondaryo viloyatida – 64 ta;

Sirdaryo viloyatida – 70 ta;

Toshkent viloyatida – 106 ta;

Farg‘ona viloyatida – 77 ta;

Xorazm viloyatida– 104 ta;

Toshkent shahrida– 178 ta.

Ma’lumot uchun, ushbu statistik ma’lumotlar bir yilda bir marotaba e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tasarrufida ayni damda 8 ta mashina xizmat qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing