Qurilish vazirligiga tegishli xizmat mashinalari qanday rusumda?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tasarrufida ayni damda 8 ta  mashina xizmat qilmoqda. Ularning aksariyatini yuqori qulaylik va narxga ega mashinalar tashkil qilgan. Vazirlik saytida tashkilotga tegishli xizmat mashinalari ro‘yxati e’lon qilindi.

Quyidagi avtomobillar Qurilish vazirligi tasarrufida hisoblanadi:

•  1 ta 2009 yilda ishlab chiqarilgan “Mersedes Benz S450L 4MATIC” mashinasi;
•  3 ta 2019-2020 yillarda ishlab chiqarilgan “Malibu-2” avtomobili;
•  1 ta 2013 yilda ishlab chiqarilgan “Malibu” mashinasi;
•  1 ta 2014 yilda ishlab chiqarilgan “Cadillac XTS” avtomobili;
•  1 ta 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Hyundai” avtoulovi;
•  1 ta 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Lacetti” mashinasi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2022 yil 21 dekabrdagi parlamentga murojaatiga ko‘ra, ijro hokimiyati organlari sonini qisqartirish haqida farmoni va qarori imzolangan edi. Unga muvofiq, 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartiriladi. Shu jumladan, Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi birlashib Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi nomi ostida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing