O‘zbekistonliklarni ertaga qanday ob-havo kutmoqda?

Jamiyat

image

O‘zgidromet 30 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/ gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/ gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo Jizzax Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing