O‘zbekistonliklarga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 yanvaridan amaliyotga joriy etilgan keshbek tizimi doirasida dastlabki 86,7 ming nafar iste’molchiga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu amaliyot doirasida dastlabki 86,7 ming nafar iste’molchiga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgan. Shu bilan bir qatorda, o‘tgan oy mobaynida 276 302 ta xarid chekiga hisoblangan yana 5,4 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lanmasdan qolmoqda. 

DSQga ko‘ra, bunga 17 517 ta tadbirkorlik subektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar sabab bo‘lmoqda:

•  2 763 ta tadbirkor (hisoblangan keshbek 2,6 mlrd so‘m) hisobotlarida chek ma’lumotlari to‘liq aks ettirilmagan; 

•  12 406 ta tadbirkor (hisoblangan keshbek 1,4 mlrd so‘m) umuman hisobot topshirmagan; 

•  2 348 ta tadbirkorning 1 mln so‘mdan yuqori soliq qarzi mavjud (hisoblangan keshbek 1,4 mlrd so‘m).

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlik subektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi bo‘yicha kunlik o‘zgarishlar real vaqt rejimida inobatga olinib, hisoblangan keshbek summasi tasdiqlanadi.

“Iste’molchilar diqqatiga! Xaridni amalga oshirganda chek talab qiling va xarid summasidan 1 foiz keshbekka ega bo‘ling. Keshbek chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxsga hisoblanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing