O‘zbekistonliklar jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Ayollar o‘rtasida 23 yoshgacha bo‘lgan toifada o‘zbekistonlik kanoechilar Ruminiyaning Puteshti shahrida o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 3 avgust kuni 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahsda o‘zbekistonlik kanoechilar Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchilar masofani 43.340 soniyada bosib o‘tishdi. Kumush va bronza medallari Polsha hamda Belarus terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

Kanoeda eshkak eshish. U-23 JCH.

Ayollar, 200 metr.

1.    Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (O‘zbekiston) – 43.340

2.    Silviya Sherbinska, Dorota Borovska (Polsha) – (+0.780)

3.    Darina Salanenka, Kamila Bobr (Belarus) – (+1.644)


Maqola muallifi

Teglar

jahon chempionati kanoe baydarka

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing