O‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
21 dekabr 2019 30478 1 daqiqa
Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil arafasida barchada birdek bayramda necha kun dam olamiz degan savol tug‘iladi. Bayramlardagi qo‘shimcha dam olish kunlari O‘zbekiston Prezidentining “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan.
Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni sifatida 4 yanvar – shanba 2 yanvar – payshanbaga ko‘chirilgan. 2020 yil 2 yanvar payshanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni ekani belgilangan.
Shunday qilib, haftada 5 kun ishlovchi xodimlar bayramda 3 kun dam oladi:
31 dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni).
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar quyidagi kunlarda dam oladi:
1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
Ma’lumot uchun, 4 yanvar kuni haftada 5 kun ishlovchilarga rasman ish kuni hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr