O‘zbekistonliklar MDH o‘yinlarida ilk oltin medallarni qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan II MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ham katta tarkib bilan ishtirok etmoqda. Bugun, 5 avgust kuni o‘zbekistonlik sportchilar mamlakat hisobiga ilk oltin medallarni taqdim qildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan og‘ir atletikachi Og‘abek Nafasov -55 kilogramm vazn toifasida kechgan bahsda eng yuqori natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. U dast ko‘tarishda 110 kilogramm, siltab ko‘tarishda 130 kilogramm, ikki kurash hisobida esa 240 kilogramm natija qayd etgan.

Shuningdek, qizlar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasida kechgan bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Jamila Panfilova ham ikki kurashda 190 kilogramm natija qayd etgan holda musobaqa oltin medaliga ega chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Chendu-2021 XXXI Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari doirasida O‘zbekistonlik taekvondochilar tarixiy natija qayd etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing