O‘zbekistonliklar “inomarka” sotib olishni 2 baravar ko‘paytirdi

Jamiyat

image

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 280,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 12 017 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.

Avtomobil importining oylar kesimidagi hajmi:

•    yanvar – 3037 ta;
•    fevral – 2911 ta;
•    mart – 2560 ta;
•    aprel – 3509 ta.

4 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

•    Xitoy – 6100 ta;
•    Koreya – 2971 ta;
•    Qozog‘iston – 1849 ta;
•    Rossiya – 848 ta;
•    AQSH – 80 ta;
•    BAA – 47 ta;
•    Yaponiya – 45 ta;
•    Germaniya – 31 ta;
•    Tailand – 10 ta;
•    Gonkong – 10 ta.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing