O‘zbekistonliklar Green card vizasini olganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston rezidentlari Amerikaga eng ko‘p Green card vizasini olgan davlatlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi xabar bergan.

Biroq, elchixona O‘zbekiston fuqarolariga berilgan vizalar soniga aniqlik kiritmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, har yili 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi AQSHda yashash huquqini beruvchi Green card lotereyasida ishtirok etadi. AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, lotereya o‘yinchilari ro‘yxatida O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda.

Aytish joizki, o‘tgan yilgi sovrindorlarning taqdiri so‘roq ostida qolmoqda. O‘shanda minglab Green card lotereyasi g‘oliblari pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar tufayli Amerikaga chaqirilmagan edi.

Shu sababli, minglab Green card lotereyasi g‘oliblari pandemiya sababli Amerikaga ko‘chib ketish imkoniyatini qo‘ldan boy berishlaridan qo‘rqib, Jo Bayden ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qilishdi. Da’vogarlarning advokati Kertis Morrisonning aytishicha, u 141 mamlakatdan 24 000 dan ortiq odam nomidan da’vo arizasi bergan. Ular orasida 350 nafar o‘zbekistonlik ham bor.

Shundan so‘ng, Kolumbiya okrug sudi da’voni ko‘rib chiqqan va AQSH Davlat departamentiga DV-2021 g‘oliblari uchun 6914 ta vizani saqlab qo‘yishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

604

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing