O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi kasalliklar sabab vafot etmoqda?

Jamiyat

image

2022 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2022 yilning 9 oyida qayd etilgan o‘lim holatlarining kasalliklar bo‘yicha soni: 

•    qon aylanish tizimi kasalliklari – 74 109 ta;
•    nafas olish a’zolari kasalliklari – 12 805 ta;
•    o‘simtalardan – 10 535 ta;
•    baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan – 7 260 ta;
•    ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – 5 264 ta;
•    yuqumli va parazit kasalliklari – 1 976 ta;
•    boshqa kasalliklardan – 18 417 ta.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim

Baholaganlar

1140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing