O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga borgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
16 avgust 2023
203072023 yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari asosan 5 ta maqsad bilan chet elga chiqqan. Jumladan:
• qarindoshlarni yo‘qlash uchun — 1,7 mln kishi;
• dam olish uchun — 248,3 ming kishi;
• o‘qish maqsadida — 19,5 ming kishi;
• davolanish uchun — 15,3 ming kishi;
• xizmat yuzasidan — 6,8 ming kishi.
Shuningdek, O‘zbekistonliklar ushbu 6 oy davomida eng ko‘p safar qilgan davlatlar nomi ham e’lon qilingan. Qirg‘iziston yetakchilik qilayotgan ro‘yxat quyidagicha:
• Qirg‘iziston – 815,4 ming nafar;
• Tojikiston – 520,7 ming nafar;
• Qozog‘iston – 337,7 ming nafar;
• Rossiya – 94,0 ming nafar;
• Turkiya – 75,7 ming nafar;
• BAA – 64,5 ming nafar;
• Saudiya Arabistoni – 34,5 ming nafar;
• Quvayt – 20,8 ming nafar;
• Misr – 12,2 ming nafar;
• Ozarbayjan – 9,1 ming nafar.
LiveBarchasi