O‘zbekistonliklar eng ko‘p qayerga sayohat qilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, 4,4 million nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar turist sifatida eng ko‘p Qirg‘izistonga sayohat qilgan. Ularning soni 2151,8 ming nafarni tashkil etgan.

Keyingi o‘rindagi davlatlar kesimi quyidagicha:

Qozog‘istonga – 870,0 ming nafar

Tojikistonga – 615,2 ming nafar

Turkiyaga – 264,0 ming nafar

Rossiyaga – 210,3 ming nafar

BAAga – 98,0 ming nafar

Saudiya Arabistoniga – 54,7 ming nafar

Misrga – 31,9 ming nafar

Janubiy Koreyaga – 19,2 ming nafar

AQSHga – 13,9 ming nafar

Hindistonga – 8,5 ming nafar

Gruziyaga – 7,8 ming nafar

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident turizm sohasidagi 6 ta katta muammoga yechim ko‘rsatgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing